Yosh mutaxassislar uchun amaliyot dasturi (YPIP)

Yosh mutaxassislar uchun amaliyot dasturi (YPIP) Oʻzbekistonlik talabalarga yozgi amaliyot, tarmoq yaratish va murabbiylik orqali haqiqiy ish muhitida biznes va STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) sohalarida professional koʻnikmalarni rivojlantirish imkoniyatini taqdim etadi.

Dastur biznes va STEM yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavr talabalariga Oʻzbekistondagi kichik va oʻrta biznes korxonalarida transformatsion amaliyot tajribasini olish imkoniyatini yaratadi.

Shuningdek, YPIP amaliyot dasturining samaradorligini oshirish va ishtirokchilar uchun mazmunli hamda ijobiy tajriba taqdim etish maqsadida biznes mentorlar tarmog’ini qo‘llab-quvvatlash tizimi sifatida taqdim etadi. Kasbiy rivojlanishning keng qamrovli dasturi orqali amaliyotchilar amaliy ish tajribasiga ega bo‘ladilar hamda xalqaro biznes amaliyotlarini chuqurroq anglab, raqobatbardosh 21-asr ish bozoriga kirishga tayyorgarlik ko‘radilar.

Bundan tashqari, YPIP amaliyotchilarga jamoa shaklida ishlash, professional rivojlanish tadbirlarida qatnashish, sanoat yetakchilari bilan muloqot qilish va qimmatli hamkasblar tarmog‘iga qo‘shilish imkoniyatini taqdim etadi.

Mezbon tashkilotlar uchun YPIP yoz mavsumida motivatsiyaga ega, ingliz tilida so‘zlasha oladigan yosh mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatini beradi. Amaliyotchilar kompaniyalarga qisqa muddatli, moslashuvchan yordam ko’rsatadilar, kichik xodimlarga shogird sifatida ularga yetakchilik tajribasini rivojlantirishga imkon yaratadilar, hamda tashkilotga yangi g‘oyalar olib kelishi mumkin. Amaliyotchilarni qabul qilish orqali tashkilotlar o‘z ichki biznes madaniyatini shakllantirish, mahalliy va xalqaro biznes hamjamiyatida obro‘ qozonish, mahalliy biznes tarmog‘i bilan aloqalarni rivojlantirish hamda ishtirokchilar va mezbon tashkilotlar uchun maxsus tarmoq orqali yangi iste’dodlarni jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Nomzodlarni tanlash bosqichlari

YPIP dasturiga ishtirokchilar raqobat asosida tanlab olinadilar. Tanlov davomida ishtirokchilarni qabul qiluvchi tashkilotlar va Amerika Kengashlari tomonidan suhbatlar o'tkaziladi. Dasturda faqat o‘z universitetida kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan va akademik ko‘rsatkichlari yaxshi bo‘lgan bakalavr talabalar ishtirok etishi mumkin.

Onlayn ariza topshirilgandan so‘ng, Xalqaro Ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari vakillaridan iborat tanlov komissiyasi tomonidan saralangan nomzodlar suhbatga taklif qilinadi. Suhbat bosqichidan keyin Xalqaro Ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari yarim final bosqichidan o‘tgan nomzodlarni ehtimoliy mezbon tashkilotlar bilan moslashtirish jarayonini amalga oshiradi. Joylashuv ehtimoliy mezbon tashkilotning profili, ehtiyojlari, kutayotgan natijalari hamda nomzodning kasbiy qiziqishlariga asoslangan holda belgilanadi. Yarim final bosqichidan o‘tgan nomzodlar so‘ngra o‘zlarining ehtimoliy mezbon tashkilotlari bilan suhbatdan o‘tadilar. Xalqaro Ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari har bir amaliyotchining manfaatlari va maqsadlariga mos keladigan amaliyot joylarini taqdim etishga intiladi. Yakuniy joylashuv ehtimoliy mezbon tashkilot bilan o‘tkazilgan suhbat natijalariga qarab belgilanadi.

Dastur finalchilari Toshkentda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun kichik miqdordagi stipendiya bilan ta’minlanadilar.

Tanlash mezonlari

  • Biznes yoki STEM yo’nalishidagi talabalar;

  • Ariza topshirish paytida talabalar O'zbekiston oliy o'quv yurtlarida ta’lim olayotgan 3 va 4-kurs talabalari yoki 2025 yil may oyida oliy o’quv yurtini tamomlashlari rejalashtirilgan talabalar bo’lishi kerak;

  • Hozirda O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi;

  • Ingliz tilini bilish;

  • O‘zbekiston fuqarolari.

Dastur holati

YPIP 2025 dasturiga arizalar yopildi. Qiziqgan talabalar 2025 yilning kuzida navbatdagi qabul bosqichi uchun ariza topshirishlari mumkin. Bizni kuzatib boring va ushbu dasturning bir qismiga aylaning!

Dastur bilan aloqa 

Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika Kengashlari 
Yosh mutaxassislar uchun amaliyot dasturi
O’zbekiston Respublikasi, 100070, 
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani,  
Shota Rustavelli ko’chasi, 12-uy, 
Grand biznes markazi, 304-ofis. 
T: +998 78 150 71 50 
E: ypip@americancouncils.org