O`zbekistondagi Amerika Kengashlari haqida

O`zbekistondagi Amerika Kengashlari

2018 yilda Amerika Kengashlari o'n yildan ziyod vaqt ichida O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan AQShning birinchi nodavlat tashkilotiga aylandi, bu voqea Prezident Shavkat Mirziyoyev va Oq uy tomonidan e'lon qilindi. Biz Toshkentdagi vakolatxonamizni qayta ochganimizdan juda xursandmiz va rivojlantiruvchi dasturlar orqali O'zbekiston xalqi bilan ishlashni orziqib kutamiz.

Bizning mustahkam mahalliy tarmoqlarimiz O‘zbekistondagi muhim shaxslar, idoralar va muassasalar bilan bevosita aloqa o‘rnatish imkonini beradi. Ushbu tarmoq 2000 dan ortiq o'zbekistonlik dasturlarimiz bitiruvchilari hamda O`zbekistonning ta’lim, biznes va davlat sektoridagi hamkorlarimizni o‘z ichiga oladi. Barcha dasturlarimiz global tajribamiz asosida amalga oshiriladi.

Amerika kengashlari haqida

Dunyoning eng muvaffaqiyatli muassasalari va shijoatli davlatlari Xalqaro Ta’lim bo`yicha Amerika Kengashlari bilan madaniy almashinuv, til o‘rgatish va kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari bo`yicha hamkorlik qiladi.

1974-yildan buyon bizning ta’lim dasturlarimiz milliy xavfsizlik, farovonlik va tinchlik uchun muhim bo‘lgan 90 ta mamlakatni qamrab oldi. Dasturlarimiz sifati va ishonchliligini ta’minlash uchun ularni chuqur tadqiqotlar asosida ishlab chiqamiz. Ishtirokchilarimiz o‘rta maktab o‘quvchilaridan boshlab, doktorantura va professional darajagacha bo‘lgan turli ta’lim bosqichlaridagi talabalarni o‘z ichiga oladi.

Bugungi kunga qadar biz 94000 dan ortiq bitiruvchilar jamoasini shakllantirdik, ular orasida davlat rahbarlari, vazirlar, parlament a’zolari, elchilar va kompaniya rahbarlari bor.

Bizning vazifamiz

Amerika Kengashlari akademik, kasbiy va madaniy almashinuv, til o‘rganish, ta’limni rivojlantirish hamda tadqiqotlar orqali xalqaro aloqalar va o‘zaro tushunishni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bizning maqsadimiz

O‘zaro bog‘liq dunyodagi muammolarni hal etishda insonlar va muassasalarga imkoniyat yaratish.

Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash va himoya qilish qoidalarimiz haqida ko`proq bu yerda o`qing.

 

Biz bilan bog`laning:

Xalqaro ta’lim bo`yicha Amerika kengashlari

12 Shota Rustaveli ko`chasi

Grand Business Markazi, Yakkasaroy tumani,

100070, Toshkent, Uzbekiston

T: +998 78 150 71 50

E: info.uz@americancouncils.org