
O‘zbekiston yoshlar yetakchilari konferensiyasi (UZYLC)
O‘zbekiston yoshlar yetakchilari konferensiyasi (UZYLC) AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan moliyalashtiriladigan va Amerika Kengashlari tomonidan boshqariladigan uch kunlik dasturdir. 2024 yilga mo'ljallangan konferetsiya Global UGRAD, SUSI, TechGirls va YPIP kabi AQSh tomonidan moliyalashtiriladigan turli dasturlarning yarim finalchilari va muqobillari orasidan 50 ga yaqin yoshlarni birlashtiradi.
Dastur, Oʻzbekiston yoshlari oʻrtasida muloqot, yetakchilik va loyihalarni boshqarish koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan. Ishtirokchilar jamiyat ehtiyojlarini qondirish, etakchilikning qadr-qimmatini tushunish va jamoat loyihalariga tayyorligini oshirish uchun interaktiv treninglarda qatnashadilar.
Konferensiya, shuningdek, AQSh hukumati tomonidan moliyalashtirilgan dasturlar bitiruvchilari hamda Fulbright Ingliz Tili O‘qitish Assistentlarini dastur ishtirokchilari bilan bog‘lab, ular o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistondagi tarmoqlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. UZYLC ishtirokchilarni kengaytirilgan tarmoq, takomillashgan yetakchilik ko‘nikmalari hamda jamiyat muammolarini hal qilishga tayyorgarlik bilan taminlashga intiladi. UZYLC AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan moliyalashtiriladi va Amerika Kengashlari tomonidan boshqariladi.
Dastur bilan aloqa
Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika Kengashlari
O‘zbekiston yoshlar yetakchilari konferensiyasi (UZYLC)
O’zbekiston Respublikasi, 100070,
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani,
Shota Rustavelli ko’chasi, 12-uy,
Grand biznes markazi, 302-ofis.
T: +998 78 150 71 50
E: uzylc@americancouncils.org