
AQSh - Markaziy Osiyo Ta'lim Jamg'armasi (US-CAEF) Grant dasturi
2007 yilda tashkil etilgan AQSh Markaziy Osiyo Ta’lim Jamg`armasi (US-CAEF yoki Fond) - bu Qirg`izistonning poytaxti Bishkek shahridagi Markaziy Osiyodagi Amerika Universitetida (quyida MOAU deb keltirilgan) o`qish uchun yoshlarga moliyaviy ko`mak beradigan stipendiya dasturi hisoblanadi.
US-CAEF Direktorlar Kengashi a’zolari Fondning muassislari bo`lib, dasturni nazorat qiladilar va dasturning bir qismini mablag` bilan ta’minlaydilar. AQSh Davlat departamenti ushbu dasturni 2019 yildan beri moliyalashtiradi. Amerika kengashlari dasturning ijrochilaridir, barcha muhim qarorlarni direktorlar kengashi va AQSh Davlat departamenti bilan muvofiqlashtiradi.
Qo`shma Shtatlar boshqa mamlakatlarga tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot yo`lidagi global sa’y-harakatlarni qo`llab-quvvatlashda yordam beradi. Bu, Amerika Qo'shma Shtatlari uchun, strategik, iqtisodiy va ma’naviy zaruratdir. Sovet Ittifoqi qulaganidan so`ng mintaqada tadbirkorlik va bozor infratuzilmasini rivojlantirish uchun Amerikadan loyihalar jumladan Fond tashkilotchilari jalb etildi.
Dastur yo’nalishlari
AQSh-Markaziy Osiyo Ta’lim Jamg‘armasi (U.S.-CAEF) stipendiyasi sohiblari MOAUda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olishlari mumkin:
biznes boshqaruvi
iqtisodiyot
dasturiy ta’minot/IT
amaliy matematika va informatika
US-CAEF Grant dasturi quyidagi harajatlarni qoplaydi
AQSh-Markaziy Osiyo Ta’lim Jamg‘armasi (U.S.-CAEF) stipendiatlari MOAUda o‘qish uchun to‘liq grantga ega bo‘ladilar.
2021-22 o‘quv yili ma’lumotlariga ko‘ra, MOAUda ta’lim olishning umumiy yillik qiymati taxminan $6,775 ni tashkil qiladi (o‘quv materiallari, jumladan, darsliklar bilan birga).
U.S.-CAEF nafaqat o‘qish to‘lovini qoplaydi, balki stipendiatlarga turar joy, safar xarajatlari uchun mablag‘, oylik yashash stipendiyasi, amaliyot o‘tash imkoniyati (tanlov asosida), zarur hollarda repetitorlik xizmatlari hamda kasbiy va shaxsiy rivojlanish uchun turli mashg’ulotlarni ham taqdim etadi.
Ma’lumotlarga ko`ra, 4 yil davomida MOAUda tahsil olgan har bir stipendiya egasiga xarajatlar $36,000 dan $38,000 atrofida baholanadi va bu dasturni boshqarish xarajatlarini o'z ichiga olmaydi.
US-CAEF dasturi talablari
Tanlovda quyidagi dastur mezonlariga to`g`ri keladigan shaxslar ishtirok etishlari mumkin:
Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston va O`zbekiston fuqarolari
yuqoridagi yo`nalishlardan biri bo`yicha ta’lim olishga qiziqqanlar
moliyaviy yordamga muhtoj bo`lganlar
US-CAEF va Amerika Kengashlari xodimlariga aloqasi yo`q bo`lganlar
ariza topshirish paytida MOAU talabalari bo`lmasligi kerak.
Nomzodlarni tanlash raqobat asosida amalga oshiriladi. Ustuvorlik akademik yutuqlari yuqori bo‘lgan, yetakchilik qobiliyatiga ega va mintaqada biznesni rivojlantirishga qiziqadigan talabalarga beriladi.
Dasturga ariza topshirish muddati
Ariza topshirish muddatlari va yangiliklar haqida ma’lumot olish uchun U.S.-CAEF dasturining rasmiy veb-saytiga tashrif buyuring: https://uscaef.org/
Talablar
Stipendiyaga ariza topshirgandan so‘ng, barcha nomzodlar MOAUga qabul uchun alohida ariza topshirishlari shart. Bu jarayon U.S.-CAEF dasturiga ariza topshirishdan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Faqat MOAUga qabul qilingan nomzodlargina U.S.-CAEF dasturining final bosqichiga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Xalqaro Talim bo’yicha Amerika Kengashlari MOAUga hujjat topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga majbur emas. Har bir nomzod universitetga mustaqil ravishda murojaat qilib, kirish imtihonlari sanalari va MOAUga hujjat topshirish jarayoni bo‘yicha boshqa savollarga javob olishi lozim.
Dastur bilan aloqa
Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika Kengashlari
US-CAEF dasturi
O’zbekiston Respublikasi,
100070, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani,
Shota Rustavelli ko’chasi, 12-uy,
Grand biznes markazi.
T: +998 78 150 71 50