Markaziy Osiyo Universitetlari bilan hamkorlik dasturi (UniCEN)

UniCEN – AQSh va Markaziy Osiyo oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida barqaror hamkorlikni rivojlantirish uchun yaratilgan platformadir. UniCEN strategik rejalashtirish, boshqaruv, professor-o‘qituvchilar siyosati va amaliyoti, talabalar mobilligi, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda bitiruvchilar bilan aloqalar yo‘nalishlarida tajriba almashish orqali o‘zaro manfaatli hamkorliklarni rivojlantirishga ko‘maklashadi.

UniCEN orqali Amerika Kengashlari AQSh oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bilimlarini oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, AQSh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish uchun amaliy rejalar ishlab chiqish va transchegaraviy loyihalarda ishtirok etish istagida bo‘lgan 100 dan ortiq Markaziy Osiyo universitetlarini o‘z ichiga olgan tarmoqni shakllantirdi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda hamkorlik tashabbuslarini rivojlantirishga hissa qo‘shish uchun UniCEN tarmog‘iga qo‘shiling.

AQShning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan moliyalashtiriladigan O'rta Osiyo Universitetlari Hamkorligi (UniCEN) dasturi AQSh va Markaziy Osiyodagi oliy o'quv yurtlari o'rtasida xalqaro miqyosda o'zaro aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlarini yaratadi. UniCEN Markaziy Osiyo bo'ylab tanlangan universitetlarni AQShning oliy ta'lim tizimini tushunishga va hamkorlik aloqalarida qanday qilib muvaffaqiyatli ishtirok etishga erishishga yordam beradi.


Dastur talablari

Dastur AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik sohalariga alohida e’tibor qaratib, ayniqsa, o‘zaro manfaatli iqtisodiy sektorlarni rivojlantirish va tegishli ishchi kuchini tayyorlashni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. UniCEN grantlari AQSh universitetlariga AQSh va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalaridagi professor-o‘qituvchilar hamda ma’muriy xodimlar o‘rtasida yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish yoki mavjud aloqalarni mustahkamlash maqsadida beriladi.

Xalqaro Ta’lim bo’yicha Amerika Kengashlari tomonidan boshqariladigan ushbu grantlar quyidagi dastur maqsadlarini ilgari surishga xizmat qiladi:

  • talabalarning natijalarini yaxshilash uchun o'quv dasturi, o'qitish va baholash usullari

  • fakultet siyosati, amaliyoti va ma'muriy tuzilishi

  • fakultetning jamiyat, iqtisodiy va ishchi kuchini rivojlantirish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari

  • talabalar almashinuvi

AQShning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan moliyalashtiriladigan O'rta Osiyo Universitetlari Hamkorligi (UniCEN) dasturi AQSh va Markaziy Osiyodagi oliy o'quv yurtlari o'rtasida xalqaro miqyosda o'zaro aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlarini yaratadi. UniCEN Markaziy Osiyo bo'ylab tanlangan universitetlarni AQShning oliy ta'lim tizimini tushunishga va hamkorlik aloqalarida qanday qilib muvaffaqiyatli ishtirok etishga erishishga yordam beradi.

Tanlov talablari

AQSh universitetlari o'qituvchilari hamkorlik grantiga ariza berish huquqiga ega. AQSh va O'zbekiston universitetlari o'rtasidagi aloqalarini rivojlantiradigan yoki yangi hamkorlik aloqalarini o'rnatadigan loyihalar rag'batlantiriladi. Amerika Kengashlari arizalarni quyidagi mezonlar asosida baholaydi:

  • Loyiha kontseptsiyasi (hamkorlarning onlayn vositalar va resurslardan foydalanishga hamda virtual hamkorlik qilishga tayyorligi)

  • Xodimlar (O'zbekiston yoki Markaziy Osiyodagi va xalqaro tajribaga ega bo’lishi)

  • Proektning ta'siri va barqarorligi

  • Byudjet

 

Dastur bilan aloqa 

Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika Kengashlari 
UniCEN dasturi O’zbekiston Respublikasi, 100070, 
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani,  
Shota Rustavelli ko’chasi, 12-uy, 
Grand biznes markazi, 208-ofis. 
T: +998 78 150 71 50 
E: info.uz@americancouncils.org