Kelajak liderlar almashinuvi dasturi (FLEX)

FLEX dasturi haqida  

Kelajak liderlari almashinuv dasturi (FLEX) — O'zbekiston Respublikasida Xalqaro Ta’lim Bo'yicha Amerika Kengashlari (ACTR / ACCELS) tomonidan  amalga oshiriladigan va AQSh Davlat Departamentining ta’lim va madaniyat masalalari bo'yicha byurosi homiylik qiladigan madaniy almashinuv dasturidir va bu dastur O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi ko'magida amalga oshiriladi. Dastur butun O'zbekiston maktab o'quvchilariga AQSh o'rta maktabida o'qish va bir o'quv yili davomida Amerika mezbon oilasida yashash imkoniyatini beradi. Dastur 1993-yilda tashkil etilganidan buyon 29 000 nafardan ortiq talaba FLEX dasturida ishtirok etib, o'zbekistonlik 1000 dan ortiq FLEX bitiruvchilari AQShga almashish uchun borishgan. 2021-yil yozida 37 ta ishtirokchilar AQShga FLEX dasturi bo'yicha jo'nab ketdi, ular u yerda akademik almashinuv yilini o'tkazadilar.   

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar  

FLEX dasturda ishtirok etish talablariga javob beradigan barcha o'quvchilar uchun ochiq va bepul va saralash tanlov asosida o'tkaziladi. Nomzodlar tanlov davrida yiliga faqat bitta ariza topshirishi mumkin.  

Tanlovda ishtirok etishni istagan har bir kishi:  

  1. Yosh talablari va maktabda o'quv sinfi chegarasiga mos bo'lishlari zarur.

  2. Arizani topshirish vaqtida O'zbekistondagi o'rta maktab yoki litseyga/kollejda o'qiyotgan bo'lishi; 

  3. A’lo va yaxshi baholarga o'qiyotgan bo'lishi;  

  4. Ilgari ingliz tilini o'rgan bo'lishi va tanlovda ishtirok etish vaqtida ingliz tilini bilish darajasini namoyon qila olishi;  

  5. Amerikaga kirish vizasi talablariga javob berishi; 

  6. O'zbekiston fuqarosi bo'lishi kerak.  

Dastur e'lonlari, amaldagi qatnashish talablari va sanalar haqida ma’lumot olish uchun FLEX O’zbekiston ijtimoiy tarmoqlarini kuzatib boring.

Nomzodlar mobil qurilma yoki kompyuterdan foydalangan holda Internetga kirish imkoniga ega bo'lib, O'zbekistonning istalgan hududidan g'oliblarni tanlash jarayonida ishtirok etishlari mumkin. FLEX dasturining tanlovi uchta qattiq sinov bosqichini o'z ichiga oladi:  

1-tur: Tanlov talablariga mos nomzodlar uchun kechki yoz/kuzda ochiladi. Ushbu tur ariza topshirilgandan so'ng 10 kun ichida taqdim etilishi kerak bo'lgan dastlabki onlayn anketa va 3 insho savollarini o'z ichiga oladi.  

2-tur: O'quvchilar / nomzodlar ingliz tilida onlayn testda ishtirok etishga taklif etiladi.  

3-tur: Yarim finalchilarni o'z ichiga olgan ushbu yakuniy tur intervyu, qo'shimcha 3 insho savollari, so'rovnomalar va ingliz tilini chuqur tekshirish testlarini o'z ichiga oladi. Ushbu bosqichga o'tadigan yarim finalchilar, Amerika Kengashlarining O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan ushbu turda ishtirok etishga taklif etiladilar. 

 

Dastur bilan aloqa  

Xalqaro ta’lim bo`yicha Amerika Kengashlari

O`zbekiston Respublikasi, 100070

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani

Shota Rustavelli ko`chasi, 12-uy

Grand biznes markazi, 302-xona

T: +998 78 150 71 50 

E: flex.uz@americancouncils.org