Fakultet o`qituvchilarining malakasini oshirish dasturi (FEP)
FEP - Oliy ta’lim o’qituvchilari tarkibini takomillashtirish dasturi O'zbekistonlik o'qituvchilarga
AQShda to'rt oylik akademik rivojlantirish dasturi orqali pedagogik mahorat va kasbiy intizomiy bilimlarni oshirish imkoniyatini beradi. FEPda bo'lgan paytida, tinglovchilar o'quv dasturlarini ishlab chiqish, o'qitishning muqobil usullarini o'rganish va ta’lim sohasida o'z tajribalarini kengaytirish bilan shug'ullanishadi.
AQShning Toshkentdagi Elchixonasi va Xalqaro Ta'lim bo'yicha Amerika Kengashlari 2020 o’qituvchi mutahassislarni rivojlantirish dasturi (FEP) uchun arizalarni qabul qilayotganini mamnuniyat bilan e'lon qiladi.
FEP O'zbekiston o'qituvchilariga AQSh universitetlari va chet ellardagi hamkasblari bilan aloqa qilish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi.
Stipendiya g’oliblari yangi ko'nikmalar, mustahkam aloqalar, zamonaviy o'qitish usullari va materiallarni rivojlantirish borasidagi orttirilgan tajriba bilan qaytishadi.
FEPga ilmiy hodim sifatida tanlanish - bu O'zbekistonlik o'qituvchilar uchun katta nufuzdir.
FEP o'zbek o'qituvchilariga o'z uylarida, sinf xonalarida va ta'lim tizimida ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirishga imkon beradi.
FEP barcha yoshdagi o'qituvchilar uchun ochiq (dastur uchun yosh cheklovlari mavjud emas).
Stipendiya qatnashchilari o'quv dasturlarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadilar, o'qitishning alternativ usullarini o'rganadilar va o'z sohalarida tajribalarini kengaytiradilar. Dastur davomida qatnashchilar o’quv kurslarni kuzatishlari kerak, akademik konferentsiyalarda qatnashib, AQSh mezbonlik qiladigan institutlarning professor-o'qituvchilari bilan yaqindan hamkorlik o’rnatilishlarii shart. Ishtirokchilar shuningdek, AQShda oliy ta'limnida yaratilgan sharoitlarning ahamiyatli tomonlarini e’tiborga olib, Akademik so'rovnomani tugatishlari kerak. Dastur so'ngida, tinglovchilar tadqiqot natijalarini o'zlarining mezbonlik qiladigan institutlari va mahalliy universitetlarida namoyish etadilar. FEP ishtirokchilariga AQShdagi qabul qiluvchi muassasa va ularning mahalliy oliy ta’lim muassasalari o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish tavsiya etiladi. O'zbek o'qituvchilari va ularning AQShdagi hamkasblari o'rtasidagi o'zaro aloqalar orqali FEP AQSh va O'zbekiston o'rtasidagi ta'lim sohasidagi o’zaro aloqalar va kasbiy rivojlanishga hissa qo'shishni maqsad qiladi.
Dastur talablari
O’qituvchi Mutaxassislarni Rivojlantirish Dasturida ishtirok etish uchun arizachi quyidagi talablarga javob berishi lozim:
O'zbekiston fuqarosi yoki O’zbekiston tomonidan beriladigan amaldagi pasport olish huquqiga ega doimiy rezident bo’lishi, ariza topshirish va saralash jarayonining to’liq muddati davomida shu mamlakatda muqim istiqomat qilishi kerak;
O'zbekiston oliy o'quv yurtida kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo'lgan, universitet o'qituvchisi yoki ma'muriy lavozimda ishlaydigan o'qituvchi;
Arizani topshirish paytida og'zaki va yozma ingliz tilini mukammal bilishi;
Dastur tugashi bilan O'zbekistonga qaytish majburiyati;
AQSh J-1 toifadagi viza olish huquqiga ega.
Dastur bilan aloqa
Xalqaro ta’lim bo`yicha Amerika Kengashlari
Faculty Enrichment Program (FEP) dasturi
O`zbekiston Respublikasi, 100070,
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani,
Shota Rustavelli ko’chasi, 12-uy,
Grand biznes markazi, 302-ofis.
T: +998 78 150 71 50
E: fep@americancouncils.org