Ingliz tilida so`zlashadigan millat: o`rta maktab o`qituvchilari malakasini oshirish dasturi (ESN:STT)
English Speaking Nation: Secondary Teacher Training (ESN:STT) - Ingliz tilida so‘zlashadigan millat: O‘rta maktab o‘qituvchilari malakasini oshirish - bu O‘zbekistondagi AQSH elchixonasining Jamoatchilik bilan Aloqalar bo‘limi (PAS)ning dasturi hisoblanadi. Bu dastur Xalkaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari va Xalq ta’limi vazirligi bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilib, O‘zbekistondagi ingliz tili o‘qituvchi-trenerlariga va o‘rta maktab ingliz tili o‘qituvchilariga kasbiy – professional rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.
ESN:STT o‘quvchilarning ingliz tilidagi bilim va mahoratini oshirish uchun, shuningdek ularning til o‘rganishdagi ko‘nikmalarini yaxshilash maqsadida 15 000 dan ortiq o‘rta maktab o‘qituvchilar va 1000 dan ortiq o‘qituvchi-trenerlarni malakasini oshiradi.
Ushbu uch yillik dastur O‘zbekistonda o‘rta maktab ta’lim tizimida ingliz tilini o‘qitishni mustahkamlash uchun quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan:
Ingliz tilidagi bilimlarini oshirish va sinfda ingliz tilidan yaxshiroq foydalanish maqsadida O‘zbekistonda o‘rta maktab o‘qituvchilarining ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirish;
O‘zbekistonda o‘rta maktab ingliz tili o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish;
O‘zbekistonda o‘rta maktab ta’lim tizimi o‘qituvchilarining jamiyatdagi ijobiy o‘rnini yanada mustahkamlash;
Ingliz tilini o‘qitishni yuqori darajaga olib chiqishda ta’lim va tarbiyani qo‘llab-quvvatlovchi ekotizimni ishlab chiqish.
Dastur trenerlarni tayyorlash va umumta’lim o‘rta maktab ingliz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirishning kaskad modeli (qisqa muddat ichida ko‘p sonli mutaxassislarni tayyorlash), ta’lim beruvchilar orasida o‘zaro kasbdoshlik ko‘magini shakllantirishga qaratilgan trenerlik dasturlarini o‘z ichiga oladi. ESN:STT O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, viloyat malaka oshirish markazlari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda 21-asr global iqtisodiyoti davriga xamnafas, til ko‘nikmalari va vositalariga ega, o‘ziga ishongan ingliz tili o‘qituvchilari birlashmalarini yaratish uchun faoliyat yuritadi.
Uch yillik dastur O‘zbekistonda o‘qituvchilarning ingliz tili bo‘yicha maxoratini shakllantirish uchun quyidagi bosqichlarni amalga oshiradi:
Birinchi bosqich: TESOL Xalqaro Uyushmasi (TESOL) va Djorj Meyson universiteti (GMU) tomonidan olib boriladigan intensiv o‘quv dasturida qatnashish uchun har biri 40-45 nafar o‘rta maktab ingliz tili o‘qituvchilaridan iborat ikkita guruh tanlab olinadi. Ikkala o‘qituvchi-trenerlar guruhi quyidagilarda qatnashadilar:
TESOLning 140 soatlik, shu jumladan O‘zbekiston umumta’lim o‘rta maktablarida 20 soatlik majburiy amaliyot o‘tashni o‘z ichiga olgan asosiy sertifikat dasturi;
Harakat-rejalari seminar-amaliyotlari va joylardagi o‘qituvchi-trenerlar tayyorlash institutlari faoliyatini kuzatish va fikr bildirish uchun GMU maslahatchilari tashrifidan iborat TESOL/GMU tomonidan olib boriladigan Ikki haftalik Trenerlarni Tayyorlash Instituti.
To‘liq o‘quv kursini tugatgandan so‘ng, muvaffaqiyatli nomzodlar TESOL asosiy sertifikatiga ega bo‘ladilar va O‘zbekistonning asosiy o‘qituvchi-trenerlari Korpusiga kiritiladi (Uzbekistan’s Core Teacher Trainers Corps). Eng kuchli o‘qituvchi-trenerlar ESNning master trenerlari bo‘lishlari uchun qo‘shimcha treninglarda qatnashishlari va TESOLning 140 soatlik asosiy sertifikat dasturini o‘z kasbdoshlariga yetkazishda ko‘maklashishadi.
Ikkinchi bosqich: Asosiy o‘qituvchi-trenerlar (CT) Trenerlarni Tayyorlash Institutida o‘rganganlarini 10-12 ta hududiy kasbdosh mentorlardan (RPM) iborat guruhga trening o‘tkazadilar va ularga mentorlik qiladilar.
Uchinchi bosqich: Dastur davomida CTlar trenerligi va rahbarligi ostida, RPM lar bir yil davomida 10 ta ayni paytda ishlayotgan o‘rta maktab o‘qituvchilarni o‘qitadilar va ularga trenerlik qiladilar. Shu tarzda uchinchi yilning oxiriga qadar 15000 o‘rta maktab o‘qituvchilarini o‘qitishga erishiladi.
Dasturning uch bosqichi davomida, eng yaxshi 300 ta RPMlar TESOL asosiy sertifikatini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu asosda ular O‘zbekistonning eng nufuzli Asosiy O‘qituvchi-trenerlari Korpusiga a’zo bo‘lish imkoniga ega bo‘ladilar. Asosiy O‘qituvchi-trenerlar Korpus trenerlarining ish rejalari va o‘quv materiallarini ishlab chiqadi. Ular Xalq ta’limi vazirligiga o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish uchun tavsiya qilinadi. CTlar va RPMlar 2022 yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Mintaqaviy TESOL Konferensiyasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Kim dastur uchun layoqatli
Asosiy o‘qituvchi-trener (CT) bo‘lish tanlovi barcha mahoratli va tajribalilar uchun ochiq bo‘lib, quyidagi
talablarga javob berishi kerak:
O‘zbekiston fuqarosi va hozirda O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan bo‘lishi;
Hozirgi kunda o‘z ish joyida asosiy shtat o‘qituvchisi, o‘qituvchilarni tayyorlash institutida o‘qituvchi-trener yoki o‘rta maktab ingliz tili o‘kituvchisi bo‘lishi;
Eng kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lishi;
O‘rta maktab o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha kamida uch yillik tajribaga ega bo‘lishi;
Amerika Kengashlari tomonidan o‘tkaziladigan yozma va og‘zaki ingliz tili imtixonidan o‘tishi;
Dastur tugaganidan so‘ng kamida uch yil davomida o‘qituvchilarni o‘qitishda davom etish majburiyatini bajarishi;
Dastur davomida quyida sanab o‘tilgan barcha asosiy vazifalarni to‘liq bajara olishi;
To‘liq hujjatlar to‘plamini topshirishi.
ESN dasturi tanlovining RPM treneri bo‘lish uchun barcha mahoratli va tajribali mutaxassislar uchun
ochiq bo‘lib, quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Hozirda O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan bo‘lishi;
O‘rta maktab ingliz tili o‘qituvchisi yoki oliy ta’lim muassasi fakultet hodimi bo‘lishi;
Eng kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lishi;
Dastur davomida quyida sanab o‘tilgan barcha asosiy vazifalarni to‘liq bajara olishi;
To‘liq hujjatlar to‘plamini topshirish.
Dastur talablari
Dasturning uchala bosqichida, CTlarning vazifalari quyidagilardan iborat:
TESOL 140 soatlik asosiy sertifikat dasturida ishtirok etish, shu jumladan 20 soat majburiy amaliyot;
TESOL/GMUning ikki haftalik trenerlar tayyorlash treningida qatnashish;
Dasturning RPMlariga treninglar o‘tish va keng qamrovli xizmat safarlariga tayyor bo‘lish;
Taklifga asosan, TESOLning qo‘shimcha mashg‘ulotlarida ishtirok etish va 140 soatlik asosiy sertifikat dasturini o‘z tengdosh kasbdoshlariga o‘qitishda ko‘maklashish uchun ESN master treneri bo‘lish;
Kadrlar malakasini oshirish kursini tashkil etish maqsadida yaratilgan o‘quv materiallarini sinovdan o‘tkazish bo‘yiicha Xalk ta’limi vazirligi, dasturning maslahat kengashi va hamkorlar bilan birga ishlash;
TESOL/GMU va tengdoshlari hamkorligida 2022 yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan TESOL mintaqaviy konferensiyasida taqdimot qilish.
Dasturning uchala bosqichida, RPMlar vazifalari quyidagilardan iborat:
TESOL/GMU ko‘magida CTlar tomonidan o‘tkaziladigan ikki xaftalik Trenerlarni Tayyorlash Instituti treningida ishtirok etish;
Har bir o‘quv yilida, kamida to‘rtta o‘rta maktabning o‘nta ingliz tili o‘qituvchilarini aniqlab, quyidagi maqsadlarga erishish uchun ularga intensiv o‘quv va trenerlik dasturini yaratish;
Trenerlarni Tayyorlash Institutining o‘quv kursi materiallari xamda RPMlar CTlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan xarakatlar rejalaridan foydalangan xolda shogirdlarga bir xaftalik treninglar o‘tkazish;
Shogirdlar bilan birgalikda tajriba-sinov tariqasida kamida to‘rtta dars rejasini ishlab chiqish;
Shogirdlarni RPMlar maktabiga ikki marotaba kuzatish uchun va keyin o‘zlarining RPMlari bilan birgalikda o‘qitishlari uchun olib borish;
RPMlar shogirdlarning dars berishini kuzatib borishi va ular bilan birga dars berish uchun maktablariga kamida ikki martalik tashrifi;
TESOL taklifiga binoan 140 soatlik asosiy o‘quv dasturidan tashqari, 20 soatlik majburiy amaliyotda qatnashish;
Malaka oshirish kursini rivojlantirish maqsadida yaratilgan o‘quv materiallarini sinovdan o‘tkazish uchun CTlar Xalq Ta’limi Vazirligi bilan xamkorlik kilishi;
2022 yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan TESOL Mintaqaviy Konferensiyasida ishtirok etish uchun tanlansa, TESOL/GMU va boshqa kasbdoshlar bilan hamkorlik qilish.
Dastur bilan aloqa
Xalqaro ta’lim b’yicha Amerika Kengashlari ESN:STT dasturi
O’zbekiston Respublikasi, 100070,
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani,
Shota Rustavelli ko’chasi, 12-uy,
Grand biznes markazi, 208-ofis.
T: +998 78 150 71 50
E: esn@americancouncils.org