
Ingliz tilida so'zlashadigan millat: murabbiylar dasturi (ESN:CP)
Ingliz tilida so‘zlashuvchi millat: murabbiylar dasturi (ESN:CP) O‘zbekistondagi AQSh elchixonasining Jamoatchilik bilan Aloqalar bo‘limi (PAS) tomonidan moliyalashtiriladigan va Xalqaro Ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari tomonidan amalga oshiriladigan dasturdir. ESN:CP O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maktab o‘qituvchilarining ingliz tili bo‘yicha pedagogik va sinfda dars o‘tish mahoratini mustahkamlashga intiladi. ESN:CP AQShning TESOL amaliy tilshunoslik yoki tegishli fanlarni o‘qitish sohalarida yuqori malakali akademiklar va mutaxassislarni O‘zbekistonning beshta viloyatida yil davomida joylashtiradi. Murabbiylar ingliz tilini chet tili (EFL) sifatida o‘qitadilar va malaka oshirishga qaratilgan tadbirlarini o‘tkazadilar, shu jumladan EFL o‘qituvchilari va o‘qituvchi-rahbarlari uchun murabbiylik qiladilar.
AQShlik beshta TESOL mutaxassislaridan iborat ikkita guruh, har yili O‘zbekiston Respublikasining beshta viloyatiga bir kishidan yuboriladi hamda Xalq ta’limi vazirligining EFL o‘qituvchilarini rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Har bir murabbiy viloyatdagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida (INSETI) joylashtiriladi va:
Jamoaviy o‘qitish modelidan foydalangan holda mahalliy davlat maktablarining EFL o‘qituvchilariga yuqori sifatli pedagogik standartlarni qo‘llanishini tarqatish;
Tengdoshlarni kuzatish va fikr-mulohazalarning ahamiyatini ta’kidlash uchun klinik nazoratning barqaror usullarini taqdim etish orqali o‘zlariga biriktirilgan viloyatdagi ingliz tili o‘qituvchi-professionallarining asosiy tarkibini rivojlantirish;
Ingliz tilida so‘zlashadigan millat: O‘rta maktab o‘qituvchilarining malakasini (ESN:STT) dasturini qo‘llab-quvvatlash;
INSETI markazlari tomonidan aniqlangan o‘rta maktablarda EFL o‘qitish;
O‘rta maktablarda va Amerika burchaklarida bevosita dars berish orqali AQSh madaniyati va qadriyatlarini O‘zbekistondagi talabalar va o‘qituvchilar bilan baham ko‘rish;
Va elchixona tomonidan o‘tkaziladigan treninglar va konferensiyalarda yordam berish.
Kim dastur uchun layoqatli
Asosiy o‘qituvchi-trener (CT) bo‘lish tanlovi barcha mahoratli va tajribali o’qituvchilar uchun ochiq bo‘lib, quyidagi talablarga javob berishi kerak:
O‘zbekiston fuqarosi va hozirda O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan bo‘lishi;
Hozirgi kunda o‘z ish joyida asosiy shtat o‘qituvchisi, o‘qituvchilarni tayyorlash institutida o‘qituvchi-trener yoki o‘rta maktab ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lishi;
Eng kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lishi;
O‘rta maktab o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha kamida uch yillik tajribaga ega bo‘lishi;
Amerika Kengashlari tomonidan o‘tkaziladigan yozma va og‘zaki ingliz tili imtihonidan o‘tishi;
Dastur tugaganidan so‘ng kamida uch yil davomida o‘qituvchilarni o‘qitishda davom etish majburiyatini bajarishi;
Dastur davomida quyida sanab o‘tilgan barcha asosiy vazifalarni to‘liq bajara olishi;
To‘liq hujjatlar to‘plamini topshirishi.
ESN dasturi tanlovining RPM treneri bo‘lish uchun barcha mahoratli va tajribali mutaxassislar uchun ochiq bo‘lib, quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Hozirda O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan bo‘lishi;
O‘rta maktab ingliz tili o‘qituvchisi yoki oliy ta’lim muassasi fakultet hodimi bo‘lishi;
Eng kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lishi;
Dastur davomida quyida sanab o‘tilgan barcha asosiy vazifalarni to‘liq bajara olishi;
To‘liq hujjatlar to‘plamini topshirishi.
Dastur talablari
Dasturning uchala bosqichida, CTlarning vazifalari quyidagilardan iborat:
TESOL 140 soatlik asosiy sertifikat dasturida ishtirok etish, shu jumladan 20 soat majburiy amaliyot;
TESOL/GMUning ikki haftalik trenerlar tayyorlash treningida qatnashish;
Dasturning RPMlariga treninglar o‘tish va keng qamrovli xizmat safarlariga tayyor bo‘lish;
Taklifga asosan, TESOLning qo‘shimcha mashg‘ulotlarida ishtirok etish va 140 soatlik asosiy sertifikat dasturini o‘z tengdosh kasbdoshlariga o‘qitishda ko‘maklashish uchun ESN master treneri bo‘lish;
Kadrlar malakasini oshirish kursini tashkil etish maqsadida yaratilgan o‘quv materiallarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi, dasturning maslahat kengashi va hamkorlar bilan birga ishlash;
TESOL/GMU va tengdoshlari hamkorligida 2022 yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan TESOL mintaqaviy konferensiyasida taqdimot qilish.
Dasturning uchala bosqichida, RPMlar vazifalari quyidagilardan iborat:
TESOL/GMU ko‘magida CTlar tomonidan o‘tkaziladigan ikki haftalik Trenerlarni Tayyorlash Instituti treningida ishtirok etish;
Har bir o‘quv yilida, kamida to‘rtta o‘rta maktabning o‘nta ingliz tili o‘qituvchilarini aniqlab, quyidagi maqsadlarga erishish uchun ularga intensiv o‘quv va trenerlik dasturini yaratish;
Trenerlarni Tayyorlash Institutining o‘quv kursi materiallari hamda RPMlar CTlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan harakatlar rejasidan foydalangan holda shogirdlarga bir haftalik treninglar o‘tkazish;
Shogirdlar bilan birgalikda tajriba-sinov tariqasida kamida to‘rtta dars rejasini ishlab chiqish;
Shogirdlarni RPMlar maktabiga ikki marotaba kuzatish uchun va keyin o‘zlarining RPMlari bilan birgalikda o‘qitishlari uchun olib borish;
RPMlar shogirdlarning dars berishini kuzatib borishi va ular bilan birga dars berish uchun maktablariga kamida ikki martalik tashrifi;
TESOL taklifiga binoan 140 soatlik asosiy o‘quv dasturidan tashqari, 20 soatlik majburiy amaliyotda qatnashish;
Malaka oshirish kursini rivojlantirish maqsadida yaratilgan o‘quv materiallarini sinovdan o‘tkazish uchun CTlar Xalq Ta’limi Vazirligi bilan hamkorlik qilishi;
2022 yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan TESOL Mintaqaviy Konferensiyasida ishtirok etish uchun tanlansa, TESOL/GMU va boshqa kasbdoshlar bilan hamkorlik qilish.
Dastur bilan aloqa
Xalqaro ta’lim b’yicha Amerika Kengashlari
ESN:CP dasturi
O’zbekiston Respublikasi, 100070,
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani,
Shota Rustavelli ko’chasi, 12-uy,
Grand biznes markazi, 208-ofis.
T: +998 78 150 71 50
E: esn@americancouncils.org