O’zbekiston maktab rahbarlari uchun ta'lim sohasida rahbarlik (liderlik) ko’nikmalarini rivojlantirish dasturi (ELDP)

ELDP dasturi Oʻzbekistondagi maktab ma'murlari va ta'lim mutasaddilari orasida pedagogik va ta'lim sohasida yetakchilik islohotlarini ilgari surishga yo‘naltirilgan. Ikki yillik dastur ma'murlar va ta’lim sohasidagi mansabdor shaxslarning kasbiy salohiyatini, shu jumladan, kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etish orqali rahbarlik (liderlik) ko’nikmalarini oshirishga qaratilgan.

Dastur doirasida:

  • 28 ta saralab olingan davlat maktablari direktorlari va direktor o’rinbosarlari ELDP o‘quv dasturini o‘rganishadi va keyinchalik ushbu dasturni sohadagi hamkasblariga yetkaza oladigan bo‘lajak trenerlar sifatida tayyorlanadi.

  • mahalliy va AQShlik ekspertlarning maslahati va amaliy ko’magi ostida 28 nafar ELDP trenerlari O’zbekistonning barcha 14 viloyatidan yana 280 nafar davlat maktablari direktorlari va direktor o’rinbosarlari uchun ELDP malaka oshirish kursini o‘tkazish uchun juftlikda ish olib boradilar.

  • dastur yaqunida, jami 308 dastur ishtirokchilari orasidan saralab olingan 14 nafar ishtirokchidan iborat guruh AQShda ikki haftalik kasbiy rivojlanish dasturida ishtirok etishlari ko’zda tutilgan. Ikki haftalik tashrif davomida ular AQShning mezbon maktablarida hamkasblarining kasbiy faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

  • dasturning yakuniy konferensiyasi ishtirokchilarga olgan bilimlari bilan o‘rtoqlashish, harakat rejalarining o’zlarining faoliyatiga ta’siri haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining keng hamjamiyatiga ma’lumot berish va O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlarning keyingi bosqichini qo’llab-quvvatlash imkoniyatini beradi.


EDLP (Educational Leadership Development Program - O’zbekiston maktab rahbarlari uchun ta'lim sohasida rahbarlik (liderlik) ko’nikmalarini rivojlantirish dasturi) AQShning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan moliyalashtiriladi.

 

Program Contact   

American Councils for International Education   
Educational Leadership Development Program   
12 Shota Rustaveli Street   
Grand Business Center,
Office #302, Yakkasaroy District   
100070 Tashkent, Uzbekistan   
T: +998 78 150 71 50   
E: eldp@americancouncils.org