C5 + O.N.E. (Opening Networks through English) - ingliz tili orqali professional aloqalarni o'rnatish

AQSh Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari byurosi tomonidan qo’llab-quvvatlanuvchi C5+O.N.E. dasturi O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston energetika va atrof-muhit sohasidagi davlat muassasalari, fuqarolik jamiyati va xususiy sektorning boshlang'ich va o'rta darajadagi xodimlariga mo'ljallangan mintaqaviy ingliz tilini o'qitish dasturidir. C5+O.N.E dasturi 1000dan ortiq mintaqaviy mutaxassislarga ingliz tilini so'zlashuv ko’nikmalariga urg’u bergan holda yaxshilash imkoniyatini taqdim etadi hamda Markaziy Osiyoda ingliz tilida so’zlashuvchi mintaqaviy yosh mutaxassislar jamiyatini yaratadi. Shuningdek, dastur ishtirokchilarga amaldagi va bo’lgusi liderlar, shuningdek, amerikalik mutaxassislar bilan professional aloqalarni o’rnatish imkoniyatini beradi.

Amerika Kengashlari ishtirokchilarga til o'rganish jarayonini uch trimestr mobaynida taqdim etish orqali standartlashtirilgan mintaqaviy ingliz tili o'quv dasturini yo’lga qo’yadi. Kurs doirasida asosiy e’tibor amaliy professional ingliz tiliga hamda yosh mutaxassislarning energetika va ekologiya sohalariga oid materiallarni tinglash, gapirish, o'qish va yozish ko'nikmalarini yaxshilash uchun ingliz tilini o'rganishni rivojlantirishga qaratilgan strategiyalarga yo’naltiriladi. Loyiha davomida milliy va mintaqaviy konferensiyalarni o'z ichiga olgan keng ko'lamli tadbirlar orqali C5+O.N.E. dasturi professional aloqalarni mustahkamlaydi, mintaqaviy aloqalarni yo’lga qo’yadi va ishtirokchilarga keng ko’lamli ma'lumotlar va imkoniyatlardan foydalanish uchun shart-sharoit yaratadi.

Dastur bilan aloqa

Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari

C5 + O.N.E. dasturi

O‘zbekiston Respublikasi, 100070, Toshkent shahri,

Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 12-uy,

Grand biznes markazi, 304-xona.

T: +998 78 150 71 50

E: c5englishuz@americancouncils.org