Amerika Burchaklari (American Corners)

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Toshkentdagi Elchixonasining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi, Xalqaro Ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab Amerika Burchaklari tashabbusini yo‘lga qo‘ydi.

AQShning Toshkentdagi Elchixonasi O‘zbekiston Maktabgacha va Maktab Ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda 2021-yilning 26-mart kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ilk Amerika burchagini rasman ochdi. Qarshi Amerika Burchagi tashrif buyuruvchilar uchun turli dasturlar orqali ingliz tilini samarali o‘rganishga zamin yaratadi va bu dasturlar ona tili ingliz tili bo‘lgan mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Shuningdek, u yerda ingliz tilidagi resurslardan foydalanish uchun keng imkoniyat yaratilgan.

2022-yil aprel oyida Namangan shahridagi “Istiqbol Zamon Bolalari” xususiy maktabining birinchi qavatida ikkinchi Amerika burchagi ochildi. 126 kvadrat metrlik Amerika burchagi ochiq kompyuter laboratoriyasi, kutubxona va umumiy konferensiya xonasini o'z ichiga oladi.

Qarshi va Namangandagi Amerika burchaklari ingliz tilidagi kitoblar va elektron resurslarga ega kutubxona va konferens zal, internet tarmog‘iga ulangan kompyuter xonalarini o‘z ichiga olgan, zamonaviy ko‘rinishdagi markaz hisoblanadi. Amerika Burchaklari respublikaning turli viloyatlarida barpo etiladi va keng jamoatchilik, ayniqsa yoshlarga ingliz tilini o‘rganish uchun imkoniyat beradi. Shuningdek, markazlarda AQShlik turli soha vakillari bilan uchrashuvlar, aholining turli qatlamlari uchun qo‘shimcha til o‘rganish klublari (kino klublar, master-klasslar) tashkil etiladi.

Amerika burchaklarida EducationUSA loyihasi ham amalga oshiriladi va AQShda ta'lim olmoqchi bo‘lgan bo‘lajak talaba va ilmiy izlanuvchilar uchun ma'lumot hamda maslahatlar berib boriladi. Shu bilan birga, EducationUSA loyihasi doirasida TOEFL, GRE, SAT kabi testlar standartlari, ularga tayyorlanish va topshirish yo‘llari haqida ma'lumotlar beriladi.

Amerika Burchaklari yoshi, irqi, jinsi, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, jismoniy imkoniyati va boshqa omillardan qat'iy nazar barcha qiziquvchilar uchun ochiq. Shu sababli, dasturlar ham AQShning madaniy xilma-xilligini aks ettirib, turli-tuman bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

 

Dastur bilan aloqa  

Qarshi Amerika Burchagi
Abdulla Oripov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati, 2-qavat
Islom Karimov ko’chasi, 219-uy
Qarshi shahri, 180100
Telefon: +998 78 771 00 70
Elektron pochta: acqarshi@americancouncils.org info.uz@americancouncils.org

Namangan Amerika Burchagi
Istiqbol zamon bolalari xususiy maktabi
3-Mikrorayon, Tinchlik ko’chasi, 7-uy
Namangan shahri, 160103
Telefon: +998 78 150 71 50
Elektron pochta: acn@americancouncils.org info.uz@americancouncils.org